UzNuts

Ozarbayjonning Boku shahrida O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Ozarbayjon Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan sohada ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, agrar sohaning turli tarmoqlarida: raqamli texnologiyalarni joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligi, bog'dorchilik sohalarini zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirishda o'zaro tajribalarni almashish masalalariga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi. Delegatsiya tarkibida Yong'oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi raisi o'rinbosari Ilyos Haydarov ishtirok etib, tizimda olib borilayotgan amaliy ishlar bilan tadbir ishtirokchilarini tanishtirdi. Uchrashuvda Yong'oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi va Ozarbayjon qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda o'rmon yong'og'ini yetishtirishning ilmiy asosini o'rganish va O'zbekistonda funduk, ya'ni o'rmon yong'og'i plantatsiyalarini barpo etish yuzasidan hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.


@UzNuts axborot xizmati

Ассоциация Ореховодства Узбекистана

Локация Ассоциации Ореховодства Узбекистана