UzNuts

YIRIK XALQARO QISHLOQ XO‘JALIGI KO‘RGAZMASI
 
Joriy yilning 24-26 oktabr kunlari “Oʻzekspomarkaz”da Xalqaro qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.

Mazkur ko‘rgazmada dehqonchilik, chorvachilik, irrigatsiya uchun zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari va ehtiyot qismlari, asbob-uskunalar, texnologiyalar va materiallar ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlar, shuningdek, ozuqabop ekinlar va g‘alla yetishtirish qayta ishlash uchun innovatsion yechim taklif etuvchi korxonalar ishtirok etishadi.
✅ Ko‘rgazmada qishloq xo'jaligi texnikasi, urug‘lar va ko‘chatlar; issiqxonalarni loyihalash va qurish, issiqxonalar uchun materiallar; sug‘orish tizimi nasos stansiyalarini jihozlash; torf va maysazor aralashmalarini ishlab chiqarish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, ozuqani saqlash va qayta ishlash kabi yo‘nalishlarda eng so‘nggi mahsulotlar namoyish etiladi.  

Ассоциация Ореховодства Узбекистана

Локация Ассоциации Ореховодства Узбекистана