
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Yong'oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi tarkibidagi "SAG AGRO" MCHJ tomonidan Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida "Grapes and Gardens investment" AJ intensiv bog'ida "Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida intensiv bog‘dorchilik: ln Vitro ko‘chatlarini qo‘llashda Turkiya va Ozarbayjon tajribasi" mavzusida xalqaro seminar o‘z bo'lib o'tdii. Seminarda bog'dorchilikda sifatli ko'chatlarni tanlab ekish, agrotexnik tadbirlarni to'g'ri qo'llash bo'yicha ma'lumotlar berildi. Seminar yakunida fermer va tashabbuskorlarga "In Vitro" laboratoriyasida ishlab chiqarilgan mevali daraxtlarning ko'chatlari namoyish qilindi.
Локация Ассоциации Ореховодства Узбекистана
©2017 - 2019 All Rights Reserved