
Farg'ona vodiysining unumdor yerlarida yong'oq parvarishlayotgan qator fermerlar Yong'oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasining a'zosi hisoblanadi. Uyushma mutaxassislari bilan bamaslahat ish olib borayotgan Farg'ona, Andijon va Namangan viloyati tashabbuskorlari joriy yilda yong'oq plantatsiyalarida daraxtlarning o'sib rivojlanishi uchun qator agrotexnik tadburlarni amalga oshirdi. Uyushma mutaxassisi T.Mamatov 17-18 dekabr kunlari mazkur viloyatlardagi uyushma a'zolarining yong'oq bog'larini borib ko'rdi va olib borilayotgan ishlar samarasi, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan tadbirlar haqida tavsiyalar berdi.
Локация Ассоциации Ореховодства Узбекистана
©2017 - 2019 All Rights Reserved