UzNuts

Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi mutaxassisi T. Mamatov 4-6 iyin kunlari Toshkent viloyatidagi uyushma a‘zolarining yong‘oq va bodom bog‘larida parvarish qilinayotgan ko‘chatlar holatini ko‘rib chiqdi. Bog‘lardagi agronom va ish yurituvchilarga agrotexnik tadbirlar, ayni kunlarda NPK 20-20-20 o‘g‘itlari bilan oziqlantirish va boshqa tarkibida mikroelementli hamda organik elementlar bo‘lgan oziqalarning ta‘siri, vaqtida oziqlantirishning mevalar sifatiga ta‘siri, yillik normal sug‘orish va azot (N), fosfor(P), kaliy (K) bilan oziqlantirishdan tuyingan ko‘chatlar stressga tushmasligi hamda keyingi yil uchun oziqa elementlarini tanasida zahira qilishi natijasida yaxshi o‘sib rivojlanishi haqida tavsiyalar berildi. Shuningdek,  shiralar, trips, o‘rgamchakkana va mevaxo‘rlar, bargo‘rar, qurtlar, qo‘ng‘izlar, kuyalar, qalqondorlar, oqqanot, g‘ovaklovchi pashshalarga qarshi Nuril-D hamda Bi- 58 preparatidan foydalanish tavsiya etildi.

Ayrim bog‘larda sovuqdan zararlangan ko‘chatlarning payvandtagi va ildiz qismi baquvvatligini inobatga olib payvand qilish tavsiya etildi.

@UzNuts axborot xizmati

Ассоциация Ореховодства Узбекистана

Локация Ассоциации Ореховодства Узбекистана