
O'zbekiston Respublikasi Agrosanoat majmui va oziq ovqat ta'minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tomonidan "Intensiv bog'larni yaratish va boshqarishning zamonaviy usullari, meva-sabzavot mahsulotlarini qadoqlash va logistika standartlari" mavzusida ilmiy amaliy seminar o'tkazildi. Mazkur seminarda bog'dorchilik sohasidagi chora tadbirlar, intensiv plantasiyalarni barpo etish istiqbollari va zamonaviy agrotexnika tadbirlarining ko'chatlar rivojidagi o'rni haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Tomchilatib sug'orish texnologiyasi, yomg'irlatib sug'orishning samarasi haqida ham alohida ta'kidlandi.
UZNUTS AXBOROT XIZMATI

Локация Ассоциации Ореховодства Узбекистана
©2017 - 2019 All Rights Reserved