UzNuts

7-8 sentyabr kunlari qadimiy Samarqandda Oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘z ishini olib bordi. Xalqaro konferensiyada qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish va qayta ishlash dasturlarini ishlab chiqish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro yetkazib berishning kelishilgan sxemalarini shakllantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalasining barcha sohalarida, shu jumladan suv va yer resurslari, raqamlashtirish va innovasiyalar, dengizga chiqa olmaydigan mamlakatlarga sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish uchun samarali logistika, «Yashil» va ekspress yo‘laklarni tashkil etish masalalari, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishdagi innovasion va yaxshi natija bergan loyihalarni muhokamasiga keng o‘rin ajratildi.
Konferensiya doirasida milliy, mintaqaviy va global miqyosda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning hozirgi holati to‘g‘risida keng fikr-mulohazalar va ma‘lumotlar taqdim etilmoqda.  Konferensiya doirasida Agrooziq-ovqat ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi.

Ассоциация Ореховодства Узбекистана

Локация Ассоциации Ореховодства Узбекистана