
Nega mevali va manzarali daraxtlarning tanasi ohak bilan oqlanadi?
Ayni kunlarda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan agrotexnik tadbirlar haqida mutaxassis tavsiya beradi.
Ma‘lumki, daraxtlarning tanasidagi ksilema (yog‘och) qismi suvni, erimaydigan mineral oziqalarni, aminakislotalarni o‘tkazuvchi hisoblanadi. Shuningdek, floema (po‘stloq) qismi o‘tkazuvchi to‘qima hisoblanib, daraxt tanasi bo‘ylab organik va boshqa turli moddalarni tanasi bo‘ylab tashishda muhim rol o‘ynaydi. Daraxtlarning aynan mana shu ksilema va floema qavatlarini sog‘lom asrash, ya‘ni quyosh nurlaridan va turli kasalliklar hamda zararkunandalardan himoyalash uchun ohak bilan oqlanadi. Ohaklanmay zararlangan daraxt tanasida oziq moddalarning bir tekis aylana olmasligi natijasida o‘sishda va barqaror meva berishdan orqada qolib ketishi mumkin.
Локация Ассоциации Ореховодства Узбекистана
©2017 - 2019 All Rights Reserved