
Mevali daraxtlarni sovuq urishidan qanday asrash mumkin?
Daraxtlar ichida somon va tezak tutatish, bogʼni sugʼorish kabi usullar yaxshi samara beradi
Sovuq kunlarda mevali daraxtlarni asrash uchun xalqona tadbirlardan biri – bogʼning har joy-har joyiga poxol, poxol aralashgan goʼng, xazon, qipiq va somon kabilarni tutatib qoʼyish yaxshi samara beradi.
Bundan tashqari, xuddi shu uslubda tezak tutatish ham samarali. Yozning saratonida mol goʼngidan tayyorlab qoʼyilgan tappilar uzoq tutaydi.
Somon yoki tezakni tutatishda shamol yoʼnalishini hisobga olish, tutun bogʼ hududi boʼylab tarqalishini taʼminlash lozim.
Yoshi katta boʼlmagan nihollarni qop kiydirish orqali asrash ham mumkin. Bunda iloji boricha sellofan emas, mato va chipta qoplar koʼchatlarga kiydirib qoʼyiladi.
Daraxtlarni sovuq urishdan asrashning yana bir yoʼli – mevali bogʼlarning qator oralaridan sugʼorish ariqlari olinib, iloji boricha kam miqdorda suv oqizishdir. Kunning sovugʼida daraxt qator oralaridagi namlik bugʼlanishi va atrofga tarqalishi natijasida sovuq temperatura taʼsirini kamaytiradi.
Bundan tashqari, suvga turli foydali preparatlar qoʼshgan holda daraxtga purkash. Bunda suvga “Bor” preparati qoʼshib, aralashma tayyorlab olinadi va daraxtlarga sepib chiqiladi.
Bu orqali daraxt shoxlarida oʼziga xos qoplama hosil boʼladi va bu qobiq novdalarni sovuqdan himoya qiladi.
Hozirda purkash orqali daraxtlarga sepiladigan bir nechta zamonaviy, kimyoviy pereparatlardan ham foydalanilmoqda.
Локация Ассоциации Ореховодства Узбекистана
©2017 - 2019 All Rights Reserved