UzNuts

Mevali daraxtlarda quvvatning  sarflanishi va bunda oziq moddalar bilan me‘yorda ta'minlanishi muhimdir.

Inson pishgan mevalarni ko‘tarib ketayotganda sarflaydigan quvvatini darxol anglash mumkin, lekin qimirlamay turgan mevali daraxtlar quvvatni qanday qilib sarflayotganini tushunish inson uchun ancha murakkab. O‘sish, gullash, meva tugish mevali daraxtlar sarflagan quvvatning tashqi ko‘rinishidir. Mevali daraxtlarda quvvat - oziq moddalarni qabul qilish, ularni sintezlash, ya‘ni o‘zlashtirish va o‘zlashtirilgan quvvatni mevali daraxtlarning strukturaviy qismlari - ildiz, barg va novdalar hamda mevalarni shakllantirishga, shuningdek tirik moddalar- protoplazmalarga aylantirishga sarflanadi. Mevali daraxtlarda respiratsiya, ya‘ni nafas olish jarayonida hosil bo‘lgan quvvat o‘z vazifasini me‘yorda amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan moddalar sintezi uchun ishlatiladi. Ular fermentlar, ranglar, xushbo‘y xid tarqatuvchi va ta‘m beruvchi birikmalar, tanin, glyukoza va vitaminlar hisoblanadi. Bu moddalarning ba‘zilari mevalarni sifati va qiymati uchun muhim bo‘lgan ta‘m va xushbo‘ylikni baxsh etadi. Xush,  mevali daraxtlarda bu jarayonlar nimani evaziga sodir bo‘ladi? Aytish kerakki, quvvat har qanday tirik organizmda yetarli oziq moddalarning to‘g‘ri ta‘minoti natijasida me‘yorlashadi.

Ассоциация Ореховодства Узбекистана

Локация Ассоциации Ореховодства Узбекистана