UzNuts

Ko‘hna Maroqand yana dunyo ahlini o‘ziga qaratdi

Samarqanddagi “Buyuk Ipak yo‘li” xalqaro turizm markazida yana bir yirik anjuman o‘tkazildi.
Bu gal jahon hamjamiyati tomonidan zamonaviy taraqqiyotni ta’minlovchi asosiy omillaridan biri sifatida e’tirof etilayotgan turizm sohasi yetakchilari – dunyoning 178 davlatidan vakillar ko‘hna kentimizda to‘plandi.

Jahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining yubiley – 25-sessiyasini o‘tkazish uchun yurtimiz tanlanishi bejiz emas. Zero, qadim ipak yo‘lida joylashgan O‘zbekiston azaldan betakror obidalari, tamaddun beshigi bo‘lgan mintaqaning yuragi sifatida asrlardan so‘zlaguvchi me’moriy yodgorliklari va boshqa madaniy boyliklari bilan jahonni lol etib kelgan. Ayniqsa, so‘ngi 5-6 yilda juda ko‘p sohalar qatori turizmni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasi o‘laroq serquyosh diyorimiz yana butun dunyoni o‘ziga jalb eta boshladi. Muhimi, bu haqiqatni jahon ilg‘or jamoatchiligi tan olmoqda.

Ассоциация Ореховодства Узбекистана

Локация Ассоциации Ореховодства Узбекистана