
Inson uchun eng kerakli boʼlgan 5 xil quritilgan meva:
Quritilgan nok — ichak faoliyatiga ijobiy taʼsir oʼtkazadi, organizmdan toksinlar va ogʼir metallarni chiqarib tashlaydi.
Oʼrik turshagi — kaliyning tengsiz manbaidir, yurakka yaxshi taʼsir qiladi va onkologik kasalliklar profilaktikasi uchun ajoyib vosita hisoblanadi.
Olxoʼri qoqi — oshqozon-ichak yoʼli faoliyatini yaxshilashda ajoyib vositadir, u qabziyatdan xalos qiladi va ovqat hazm qilish jarayonini tartibga soladi. Shuningdek, gipertoniyadan azob chekadigan, yurak va jigar bilan bogʼliq muammolari boʼlgan kishilar uchun ham ayni muddaodir. U revmatizmda ham qoʼl keladi, tarkibidagi А vitamini esa koʼrish qobiliyatini yaxshilaydi.
Mayiz — yaxshigina quvvat beruvchidir, shuningdek, qalqonsimon bez kasalliklarida yordam beradi
Quritilgan olcha — erkin radikallar harakatini neytrallashtiradi va shu tariqa, terini yoshartirish xususiyatiga ega.
Локация Ассоциации Ореховодства Узбекистана
©2017 - 2019 All Rights Reserved