
Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi mutaxassisi To‘xtamurod Mamatov 5-8 fevral kunlari Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi uyushma a’zolarining yong‘oq, bodom va pista bog‘larida yillik agrotexnik tadbirlarning to‘g‘ri qo‘llanilganligi natijasida o‘sib rivojlanganlik holati, oziqlantirish (mineral va organik, ildizdan va bargidan ) va sug‘orish ishlarini me’yor talablari asosida olib borilishi, yong‘oq kasalliklari ( Bacteriosis, Bacterial kuyish, qora jingalak (marsonioz), ildiz saratoni), yong‘oq zararkunandalari (Amerika oq kalebeki, Sapwood, yong‘oq gardishi go‘shti, yong‘oq kuyasi, go‘sht, Aphid) ga qarshi samarali kurashish chora tadbirlari, Mis ko‘parosini qo‘llash va tayyorlash tartibi, ko‘chatlarni joriy kesish va shakl berish ishlari bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar berdi. Tashrif davomida uyushmaga a’zo bo‘lgan 52 ta fermer va tadbirkorlarning 1500 gektar maydonlarida barpo etilgan yong‘oq va bodom hamda pista plantatsiyalarida ko‘chatlarning yillik agrotexnik tadbirlari bo‘yicha to‘liq amaliy va ilmiy tavsiyalar berildi.
Локация Ассоциации Ореховодства Узбекистана
©2017 - 2019 All Rights Reserved