UzNuts

???? Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari "In Vitro" laboratoriyasi faoliyati bilan tanishish maqsadida ushbu majmuaga tashrif buyurishdi.

✅Dastlab mehmonlarga Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi tomonidan bugungi kunda olib borilayotgan ishlar hamda fermer va tashabbuskorlar bilan hamkorlikda barpo qilinayotgan yong‘oq, bodom va pista bog‘lari haqida batafsil ma‘lumotlar berildi.
Shundan so‘ng mehmonlar laboratoriya imkoniyatlari, bu yerda yetishtirilayotgan ko‘chatlar va ularning afzalliklari bilan yaqindan tanishtirildi.
Bugungi kunda zamonaviy intensiv bog‘lar barpo etishda ilmiy tajribalarga tayanib serhosil navlarni ekish yuqori samara berishi aniq misollar orqali tushuntirib berildi.

Ассоциация Ореховодства Узбекистана

Локация Ассоциации Ореховодства Узбекистана