
ENTOMOFАGLАR NIMA?
Qishloq xo'jaligida ko'pgina ekinlarga zarar keltiradigan hasharotlarni yo'q qilish uchun biologik kurash muhim tadbirlardan hisoblanib, yetishtiriladigan ekinlar, hatto mevali daraxtlarni ham zararlaydigan hasharotlarga qarshi kurashib, hosildorlikni oshirish hamda saqlab qolish mumkin. Bunda entomofаglаrdan ya’ni foydali hasharotlardan foydalaniladi. Quyida e’tiboringizga havola qilayotgan ma’lumotlarimiz ana shu entomofаglаr haqida bo’ladi.
ENTOMOFАGLАR (yun. — hasharot, — yeb qoʼyuvchi) — hasharotlar bilan oziqlanuvchi parazit va yirtqich mikro yoki makroorganizmlar. Entomofaglarning eng muhim guruhlari: hasharotlar; mikroorganizmlar (bakteriyalar, zamburugʼlar va viruslar); eng sodda hayvonlarga mansub bir hujayrali organizmlar (1200 ga yaqin tur). Bulardan tashqari entomofaglarga zararkunanda hasharotlar bilan oziqlanadigan suvda ham quruqda yashovchilar, sudralib yuruvchilar va qushlar kiradi. Entomofaglarning juda kam turlari zararkunanda hasharotlar epizootiyasini qoʼzgʼatishi, nasl berishni kamaytirishi yoki ularning kasallik qoʼzgʼatuvchilarga, insektitsidlar taʼsiriga nisbatan sezgirligini oshirishi mumkin. Shunday entomofaglarga sporoviklar va knidosporidiylar, shuningdek, kamdan kam xivchinlilar hamda gaplosporidiylar sinfining vakillari kiradi. Chala oʼzgarish bilan rivojlanuvchi (ninachilar, beshiktervatlar, bahorgi kapalaklar, toʼgʼriqanotlilar, quloqqazgichlar, qandalalar, tripslar) va toʼliq oʼzgarish bilan rivojlanadigan (qoʼngʼizlar, toʼrqanotlilar, tuyaboʼyinlar, buloqchilar, tangaqanotlilar, pardaqanotlilar va ikki qanotlilar) hasharotlar yirtqichlik bilan hayot kechiradi. Entomofag kanalarning koʼpchiligi fitoseyidlar oilasining vakillaridir, baʼzilarigina bdellid, stigimeid, xeyletid, gemisarkoptid va boshqalar oilaga mansub.
Hasharotlar paraziti 5 turkum: qoʼngizlar, tengqanotlilar, tangaqanotlilar, pardaqanotlilar va ikki qanotlilar vakillari orasida uchraydi.
Oʼsimliklarni biologik himoya usulida pardaqanotlilar va ikki qanotlilar turkumiga mansub turlar katta ahamiyatga ega.
Xoʼjayinga ixtisoslashiga koʼra, entomofaglar 3 biologik guruhga: monofaglar (bir yoki ikki tur xoʼjayinni zararlaydi), oligofaglar (bir oiladagi bir necha uruqqa mansub turlar hisobiga yashaydi) va polifaglarga (har xil turkumga mansub koʼpgina turlarni zararlaydi) boʼlinadi. Organizmlararo munosabatning yana bir shakli — antibioz yoki organizmlararo antagonistik oʼzaro munosabat (mikroorganizmlar yoki yuksak oʼsimliklarning boshqa organizmlar rivojlanishiga toʼsqinlik qiluvchi yoki uni nobud qiladigan moddalar ajratishi) farqlanadi. Dehqonchilik biotsenozida Entomofaglardan xonqizi qoʼngʼizlari, oltinkoʼzlar, taxin pashshalar, sirfidlar, sassiqqoʼngʼizlar va boshqalar katta ahamiyatga ega. Oʼsimliklarni biologik himoya usulida Entomofaglardan trixogramma va gabrobrakondan foydalaniladi.
To’xtamurod Mamatov,
Uyushma axborot xizmati rahbari, “O’simlikshunoslik” yo’nalishi (PhD) doktoranti
Локация Ассоциации Ореховодства Узбекистана
©2017 - 2019 All Rights Reserved