
Bodom zаrаrkunаndаlаri vа ulаrgа qаrshi kurаshish
Bodom – yongʼoqsimon mevalilar turkumiga mansub boʼlib, mamlakatimiz hududida juda keng tarqalgan, qadimdan parvarishlanib kelinadigan daraxtlardan biridir. Mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorining eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish dolzarb boʼlib, bularning ichida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash ustuvor masalalardan biri qilib belgilangan.
Bodom (Amygdalus cammunis L.) -raʼnodoshlar (anorgullilar oilasi) ga mansub daraxt va butadir. Hozirgi kunda bodomning 40 ga yaqin turi maʼlum. Osiyo shimoli hamda Markaziy Аmerikada, Yevropaning janubida, Oʼrta Osiyoda tarqalgan. Oʼzbekistonda 5 turi mavjud boʼlib, ulardan, asosan, shirin magʼizli bodom (A.comminis L.) ekiladi, qolganlari yovvoyi holda uchraydi.
Oʼzbekistonning dengiz sathidan 1000-1200 m. balandlikgacha boʼlgan togʼli zonalarida (Fargʼona vodiysi, Surxondaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlarida) oʼstiriladi. Mevasi poʼst (pishganda yorilib ketadi) bilan qoplangan qattiq qobiqli danak (yongʼoqcha) boʼlib, iyul, sentyabr oylarida pishadi. Magʼzi tarkibida 35-67% yogʼ, 30% gacha oqsil moddalar, shuningdek, qand, yelimsimon moddalar (achchiq bodom tarkibida 2,5% gacha amigdalin) bor. Poʼchogʼi naviga qarab yupqa (gʼalvirak), oʼrtacha va qattiq, magʼzi esa shirin yoki achchiq boʼladi. Uning xoʼjalik ahamiyati katta. Bodom, asosan, shirin magʼzi uchun yetishtiriladi. Oʼrmonzorlarda barpo etilayotgan bodomzorlardan yuqori va sifatli hosil olish uchun erta bahordan to hosil pishib yetilgunga qadar oʼsimlikka hamda uning hosiliga zarar keltiruvchi turli xil zararkunanda hasharotlarning respublikamiz iqlim sharoitida tur tarkibi, tarqalishi, zarar keltirish davri, zararlash darajasi, bioekologik xususiyatlarini aniqlagan holda, yuqori biologik va iqtisodiy samara beradigan, uygʼunlashgan kurash tizimini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish hozirgi kunning muhim vazifalaridan hisoblanadi.
Oʼrmon agrobiotsenozida bodomning asosiy zararkunandalari sifatida quyidagi zararkunandalarni koʼrsatish mumkin. Bodomga 20 tur, jumladan, yarimqattiq qanotlilar (qandalalar) – Hemiptera turkumiga mansub 3 tur, tengqanotlilar (shiralar) – Homoptera turkumiga mansub 3 tur, qattiqqanotlilar (qoʼngʼizlar) – Coleoptera turkumiga mansub 6 tur, tangaqanotlilar (kapalaklar) – Lepidoptera turkumiga mansub 5 ta tur hasharotlar zarar keltirishi aniqlangan (Mirzaeva S.А., Аznabakieva D., Djuraeva I. 2017). Olimlar Belorussiya sharoitida bodom va grek yongʼogʼining Juglans regia L. turida kanalarning yangi Aceriaerinea, Nalepa, 1891, Acariformes: Eriophyidae turlarini aniqlagan. Belorussiyada 2012 yilgacha ushbu zararkunandalar qayd qilinmagan. Ushbu turlar, asosan, Janubiy hududlarda, Markaziy Yevropa, Kichik Osiyo, Shimoliy va Janubiy Аmerika mamlakatlari, Аvstraliya, Yangi Zelandiya kabi davlatlarda keng tarqalgan.
Oʼzbekiston sharoitida bodomning asosiy zararkunandasi yongʼoq mevaxoʼrining Sarrothripus musculana Ersch., turi Cymbidae oilaga mansub zararkunandalarning bodom va yongʼoq hosildorligini 40-50% ayrim tumanlarda 80% pasaytirishi mumkin.
Tangaqanotli (Lepidoptera) lar turkumiga kiruvchi zararkunandalar bodomning meva, barg va novdalariga jiddiy zarar yetkazishi aniqlangan.
Bodom daraxtida tangaqanotli (Lepidoptera)lar turkumiga mansub asosiy zararkunanda hasharotlardan bodom mevasiga yongʼoq mevaxoʼri (Erschoviella musculana Ersch.), novdalariga sharq mevaxoʼri, barglariga tengsiz ipakchi (Lymantria dispar L.) va tanasiga hidli yogʼoch oʼymakori (Cossus cossus L.) zarar keltiradi. Uchragan zararkunandalar ichida keyingi vaqtlarda yongʼoq mevaxoʼrining zarari ortib bormoqda. Bodom mevalari, odatda, ushbu mevaxoʼr bilan 20-30% gacha, baʼzi yillari esa 60-80% gacha zararlanadi. Mevalar zararlanishi ikki xil, yaʼni danagi qotmagan yosh mevalarda qurt yadroning markazini yeb qoʼyishi natijasida mevalar toʼkilib ketadi, poʼchogʼi qotgan mevalarda esa qurt faqat meva yonligi bilan oziqlanib, uning butun etini yeb qoʼyadi va faqat tashqi poʼstlogʼini qoldiradi. Natijada, meva butunlay qorayadi yoki unda toʼq-qoʼngʼir chiziqlar va dogʼlar hosil boʼladi. Zararkunandaning 2-3-avlod qurtlari tana yoriqlarida qishlaydi.
Oʼrmonzorlarda yetishtirilayotgan bodomga tangaqanotli (Lepidoptera)lar turkumiga mansub asosiy zararkunanda hasharotlardan yongʼoq mevaxoʼri (Erschoviella musculana Ersch.), novdalariga sharq mevaxoʼri, barglariga tengsiz ipakchi (Lymantria dispar L.) va tanasiga hidli yogʼoch oʼymakori (Cossus cossus L.) zarar keltirishi mumkin. Bodomzorlarda uchraydigan zararkunandalar ichida keyingi vaqtlarda yongʼoq mevaxoʼri dominant tur zararkunanda ekanligi qayd etilgan. Bodomda ushbu mevaxoʼrlarga qarshi Entovant 15% em.k., va Delfos 36% em.k. kabi insektoakaritsidlarni qoʼllash mumkin.
Tuxtamurod Mamatov,
Yongʼoq ishlab chiqaruvchilar va eksport
qiluvchilar uyushmasi axborot xizmati rahbari
Локация Ассоциации Ореховодства Узбекистана
©2017 - 2019 All Rights Reserved