
BAHOR OYLARINING SERYOG‘IN KELISHI G‘ALLA VA G‘O‘ZA PARVARISHIGA QANDAY TA’SIR KO‘RSATADI?
Ma’lumki, joriy yil mart-aprel va may oylarida respublikamizda sezilarli darajada yog‘ingarchilik kuzatildi. Xususan, bunday holat shu kunlarda ham davom etmoqda. Bu esa, qishloq xo‘jaligi ekinlarini suvga bo‘lgan talabini bir qismini to‘ldirishga, tuproqdagi namlikni saqlab turishda juda katta ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, respublika suv omborlarida suv zaxiralarini ko‘payishiga va yil davomida qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishida suv taqchilligiga barfam berishga xizmat qiladi.
Shu bois, Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari tomonidan joriy yilda respublikamizda kutilayotgan suv resurslari prognozi va sug‘orish mavsumi davomida qishloq xo‘jaligi ekinlarini kafolatli suv bilan ta’minlash bo‘yicha ma’lumotlar tahlil qilib borilmoqda.
Gidrometeorologik vaziyat va tahlillarga ko‘ra, Respublikamizdagi mavjud sug‘oriladigan maydonlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun joriy yil sug‘orish mavsumida jami 38,2 millard kub metr, jumladan, asosiy ekinlarga 30,2 milliard kub metr hamda aholi tomorqalari va takroriy ekinlarga 8,0 milliard kub metr suv talab etilishi hisob-kitob qilindi.
Respublikamizdagi mavjud sug‘oriladigan maydonlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun joriy yil sug‘orish mavsumida jami 38,2 millard kub metr, jumladan, asosiy ekinlarga 30,2 milliard kub metr hamda aholi tomorqalari va takroriy ekinlarga 8 milliard kub metr suv talab etilishi hisob-kitob qilindi. Shunga asosan suv zaxiralarini yaratish hamda tejamkorlik borasida tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Shunga asosan bahor oylarida yog‘ib o‘tgan yog‘in miqdori va respublikamizdagi mavjud suv omborlardagi suv zaxiralari, shuningdek, Amudaryo va Sirdaryo havzalarida joylashgan tog‘lardagi qor zaxiralarini hisobga olib, suv yetishmovchiligini 30-35 foiz qismini qoplashi kutilmoqda.
Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, ushbu surunkali yog‘ingarchiliklar va ayrim joylarda jala yog‘ishi chigit ekilgan maydonlarda to‘liq nihol olish va unib chiqqan maydonlarda g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Hududlarda bo‘lib o‘tayotgan surunkali yog‘ingarchiliklar g‘o‘za maydonlarida tuproqda ortiqcha namlikni ko‘payishiga olib kelmoqda. Bu esa tuproq haroratini pasayishi, chigit unib chiqayotgan maydonlarda tuproqning yuza qismi zichlashib, “qatqaloq” hosil bo‘lib, g‘o‘zani bo‘g‘zi qotib “devor” hosil bo‘lishi, dalalarni kuchli begona o‘t bosishi sababli o‘simlik ildiz tizimining rivojlanmasligi oqibatida berilgan mineral o‘g‘itlarning samarasi kamayishiga va tuproqda namlikni oshishi hamda havo haroratini pasayib ketishi g‘o‘zaning kuzgi tunlam, shira, trips, oqqanot zararkunandalari va gommoz, ildiz chirish kabi kasalliklarni ko‘payishi uchun qulay sharoit yaratib, nihollarning rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.Mavjud holatdan kelib chiqib, hududlardagi g‘o‘za maydonlarida kompleks agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bugungi kunda respublikada g‘alla ekilgan maydonlarning 30 foizi ertapishar, 60 foizi o‘rtapishar va 10 foizi o‘rtakechpishar navlar ekilib, parvarishlanmoqda.
Ertapishar navlar mum pishish, o‘rtapishar navlar sut-mum pishish va o‘rta kechpishar navlar sut pishish davrida rivojlanmoqda.
Boshoqli don ekinlari boshoqlash va mum pishish davrida suvga bo‘lgan talabi ortib boradi. Bu davrda davomli yomg‘irlar g‘alla maydonlarini sug‘orishga sarflanadigan suvlar tejaladi.
Ob-havoning seryog‘in va salqin kelishi g‘alla pishish davrini uzayishiga, ko‘zlangan don hosilini ortishiga sharoit yaratadi. Ammo, ob-havoning kunlik harorati o‘rtacha 23 °C darajadan past bo‘lib, havoning namligi 60 foizdan yuqori bo‘lsa sariq zang, un shudring kasalliklari hamda g‘alla shiralari rivojlanadi. Oqibatda boshoqdagi don to‘la shakllanmasligiga va don sifati hamda hosildorlik pasayishiga olib keladi.
Shuningdek, tuproq gips qatlami yaqin joylashgan mintaqalarda yog‘in miqdori ko‘payishi hisobiga suv filtratsiyasi qiyinlashadi, suv gips qatlami va o‘simlik ildizi o‘rtasida qolib ketadi hamda haroratning keskin ko‘tarilib ketishi natijasida, tuproq qatlamidagi iliq suvni o‘simlik poyasi bo‘ylab ko‘tarilishi (transpiratsiya) hisobiga boshoqdagi don puch bo‘lib qoladi. G‘allazorlar atrofida begona o‘tlar ko‘payib, turli kasalliklar ham rivojlanishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili bahor oylarida respublikamizning turli hududlarida o‘rtacha 20-25 ming gektar g‘alla maydonlari "yotib" qolish kuzatiladi. Ammo bu ko‘rsatkich umumiy maydonning 1,9-2,3 foizini tashkil etib, respublika bo‘yicha yalpi hosilga ta’siri sezilarli bo‘lmaydi.
Bug‘doy poyalarining yotib qolishida quyidagilar tavsiya etiladi:
Manba: O’zbekiston Republikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Локация Ассоциации Ореховодства Узбекистана
©2017 - 2019 All Rights Reserved